20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,1 °C

IT-xabarlar
23 Avgust  2019 1070

Fermerlar uchun mobil ilova yaratildi, u hosildorlikni 15-20 foizga oshiradi

«UZINFOCOM» davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator fermerlarga ekinlar parvarishi va yerning holatini yaxshilash bo‘yicha masofadan tavsiyalar olish imkonini beradigan «Raqamli xo‘jalik» mobil ilovasini ishga tushirmoqda, deb xabar beradi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi matbuot xizmati.

Ilovaning negizida fermer tomonidan yuklab olinadigan ma'lumotlarni tahlil qiluvchi va o‘simliklarning holati haqida aniq ma'lumot beruvchi sun'iy aql mavjud. Dastur salbiy omillarni o‘z vaqtida aniqlash va fermerlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarining kasalliklariga o‘z vaqtida choralar ko‘rish, tuproq holatini tahlil qilish va yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berishga mo‘ljallangan.

Foydalanuvchi interfeysi juda oddiy va intuitiv idroq etilishi mumkin: tavsiyalarni olish uchun fermer mobil telefon orqali kasallik va zararkunandalar bilan egallangan xo‘jaligi ekinlarini yoki tuproqning salbiy holatini suratga olib muammoning tavsifi bilan rasmni yuboradi. Tezkor aloqa uchun Telegram-bot bilan yaratiladigan chatga 24 soat ichida tavsiya keladi. Dastlabki bosqichda sun'iy aql tavsiyalarini mahalliy va xorijiy mutaxassislar kuzatib boradilar. Keyinchalik so‘rovlarga tezkor va to‘g‘ri javob berish uchun tizimda yetarli ma'lumotlar bazasi shakllanadi.

Kelajakda, har bir yangi so‘rov kelib tushishi bilan sun'iy aql tomonidan tavsiyalar va javoblar tezroq va sifatliroq yuboriladi va tizim tomonidan to‘plangan ma'lumotlar bazasi qishloq xo‘jaligi tendensiyalarini tahlil qilish va fermerlarga onlayn rejimda amaliy maslahatlar berish imkonini kengaytiradi.

Hozirgi vaqtda dastur sinov bosqichida va tez orada uni Play Marketda yuklab olish mumkin bo‘ladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yondashuv fermerlarning eng oddiy va odatiy xatolarini bartaraf etish orqali hosildorlikni 15-20% ga oshiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech