22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
29 Iyul  2019 356

Diplomlar nostrifikatsiyasi soddalashtirilmoqda!

Yildan yilga chet el oliy ta'lim muassasalarini bitirgan yoshlarimiz soni ortib bormoqda. Ammo qonunchilikka muvofiq, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayoni oylab, gohida esa yillab vaqt talab qilar edi.

Joriy yilning 24-iyulida Davlat xizmatlari agentlik tomonidan tashabbus qilingan xorijiy OTM diplomlarini nostrifikatsiya qilish tartibini soddalashtiruvchi qaror tasdiqlandi. Ushbu hujjatga  asosan, ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish to‘g‘risidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Bu haqda Dalat xizmatlari agentligi matbuot xizmati ma'lum qiladi.

Buning uchun DXM xodimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

-  diplom va unga ilovaning nusxasi;

- diplom va unga ilovaning davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.

Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish BePUL amalga oshiriladi!

O‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Qaysi hujjatlarning tan olinishini sinovlarsiz amalga oshirish mumkin?

- umumiy o‘rta va o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta'limini olgan talabgorlarning hujjatlari;

- O‘zbekistonda bo‘linmalari va qo‘shma ta'lim muassasalari mavjud xorijiy ta'lim muassasalarida o‘qigan talabgorlarning hujjatlari;

- Xalqaro 1000 talik reytingga kirgan oliy ta'lim muassasalarining hujjatlari;

- vazirlik va idoralar yo‘llanmalari asosida ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

- 1992-yil 1-yanvargacha xorijiy ta'lim muassasalariga kirgan talabgorlarning hujjatlari;

- Oliy ta'limda sifatni baholash yevropa assotsiatsiyasining a'zolari tomonidan akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarida ta'lim olganlarning hujjatlari;

- AQSh, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarida akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarida ta'lim olganlarning hujjatlari;

- vazirlik va idoralar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

- xalqaro shartnomalar, Prezident va Hukumat hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech