16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Kеyingi avlod
20 Sentyabr  2019 1284

Yangi namunadagi bog‘chalar bolalarni qabul qiladi

Maktabgacha ta'lim vazirligi Toshkent shahrining Sergeli tumanida ikkita yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini (MTT) ochdi. Ushbu davlat muassasalarining umumiy quvvati 840 nafarni tashkil etadi.

Devorlarga va stollarga chizish mumkin, keng va shinam xonalar, rangli yangi mebel va maxsus mo‘ljallangan mashg‘ulotlar rejasi va taomnoma. Yo‘q, bu bolalar orzusi emas, hatto, xususiy bolalar bog‘chasi ham emas. Yangi MTT hamma uchun ochiq va Sergeli tumanining 5-kvartalidagi Qumariq massivida joylashgan. Ular massivdagi maktabgacha ta'limni olti foizga (83-dan 89-ga) qamrab olish imkoniini beradi va yuzta yangi ish o‘rinlarini yaratadi.

– So‘nggi yillarda Sergeli jadal rivojlanmoqda, ko‘plab aholi yangi binolarga ko‘chib kelmoqda, tabiiyki, mos ravishda bunday muassasalarga ehtiyoj ortmoqda, – deydi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri A. Shin. – Bir vaqtning o‘zida ikkita MTTning ochilishi yuzlab bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini anglatadi. Bundan tashqari, 180 bolani qabul qiladigan qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Ushbu zamonaviy innovatsion yechimlar foydasiga namunaviy loyihalardan voz kechilgan ikkita MTT dizayni odatdagilaridan farq qilishini ko‘rish mumkin. Har bir detalning puxta o‘ylangani tufayli bolalar uchun maksimal darajada qulay o‘quv-o‘yin muhitini yaratamiz. Axir, har bir shaxsning, fuqaroning yoshidan qat'i nazar, manfaatlari - bizning birinchi darajali vazifamizdir. Vatanga bo‘lgan muhabbatga, kattalarga bo‘lgan hurmatga, aynan, bolalar bog‘chasida poydevor qo‘yiladi. Bu joy - haqiqiy ertak. To‘g‘ri, mamlakatimizda bu turdagi xususiy muassasalar faoliyat yuritmoqda, ammo bunday davlat muassasalari birinchi marta ochilmoqda. Ularning ishga tushirilishi – har bir fuqaroning, ijtimoiy maqomidan qat'i nazar, eng yaxshisiga munosibligini isbotlaydi. Bunda qalb qo‘ri, bolalarga bo‘lgan mehr o‘z aksini topgan. Yaqin atrofda boshqa ta'lim muassasasi – maktab ham paydo bo‘ladi.

Ta'lim muhiti Koreya Respublikasi modeli asosida ishlab chiqilgan. Masalan, katta shkaflar o‘rniga bo‘sh joyni o‘zgartirish va uni turli mashg‘ulotlarga moslashtirish uchun mobil modullar o‘rnatilgan. Kichkintoylar yotadigan o‘rinlarni yig‘ish-o‘rnatish ham juda oson. Natijada, hatto, eng faol bolakay uchun ham joy yetarli bo‘ladi.

O‘yin va o‘quv materiallari bolalarning bo‘yi yetar darajada bo‘lib – ular sotuvdagi eng yaxshi namunalardir va qo‘llarning mayda motorikasini rivojlantirishga mo‘ljallangan. Yo‘laklarda ko‘plab nutq va yozuvni, ijodkorlikni, qurilishni, konstruksiyalash va matematikani, syujetli o‘yinlarni rivojlantirish markazlari, kutubxonalar mavjud. Bolalarning o‘zi yoqqan mashg‘ulotini tanlaydi, tarbiyachi esa o‘yin hamda mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan materiallarni aniqlaydi, qiyinchiliklar yuzaga kelganda yordam beradi. Eng qizig‘i bularning bari o‘yin shaklida taqdim etiladi va bolakaylar bilim olish jarayonida charchab qolmaydi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusni amalga oshirish doirasida sog‘lomlashtirish va badiiy mashg‘ulotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. An'anaviy musiqa va raqslardan tashqari, bolalar bu yerda sport bilan shug‘ullanishlari, xorijiy tillarni (o‘yin shaklida) o‘rganishlari va boshqa rivojlanish to‘garaklari va seksiyalariga qatnashishlari mumkin. Ushbu MTTda bir bola uchun oylik to‘lov 186 ming so‘m, ikki bola uchun esa 132 ming so‘mni tashkil etadi. Shu bilan birga, qonun hujjatlariga muvofiq, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi bog‘chaga bepul qatnashi mumkin. Bunday imtiyozlar kam ta'minlangan oilalar farzandlariga taqdim etiladi.

– Bolalar uchun har tomonlama rivojlanish va qulaylik yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bor, – deydi 44-sonli MTT rahbari Komila Qambarova. – Bog‘chada kuzatuv va yong‘in xavfsizligi tizimlari, qo‘riqlash mavjud, bino barcha qoidalarga muvofiq qurilgan va eng yuqori standartlarga javob beradi. Psixolog va defektologlar kabinetlari ham mavjud. Ularning har biri to‘liq jihozlangan. Hatto, bolalar mikroskopi (o‘yinchoq emas, haqiqiy ishchi qurilma!), lupalar, globuslar ham bor. Shunday qilib, bizda nafaqat bilim olishadi, balki uni amalda ham qo‘llab ko‘rishadi. Har bir qavat devorlariga maxsus panellar o‘rnatilgan bo‘lib, bolakaylar ularga chizishi mumkin. Bolaga bu yerda erkinlik beriladi: u istagan joyida, hatto, yerga joylashib olib, o‘ynashi ham mumkin, polga isitish tizimi o‘rnatilgan.

Hozirdanoq ushbu muassasaga bo‘lgan talab yuqori bo‘lishi aniq bo‘lmoqda, bunday MTTga qatnaydigan bolalar esa ta'limdan ulkan zavq oladilar. Hademay, ularning eshiklari mahalliy bolalar uchun ochiladi.

Karina Aliyeva.

Rashid Galiyev surati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech