15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,4 °C

Xavfsizlik
3 Yanvar  2019 1456

Denovda qiymati 316 million 882 ming so‘mlik noqonuniy tovar ushlab qolindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida yirik miqdordagi noqonuniy tovar aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Tojikiston Respublikasi Tursunzoda tumanida yashovchi tadbirkor Rasul No‘manov Denov tumanida yashaydigan Sohib Jo‘raev (ism-shariflar o‘zgartirildi) nomiga “Mersedes bens” rusumli yuk avtomashinasida har biri 25 kilogrammdan bo‘lgan 80 qop qurilishda suvoqchilik ishlari uchun ishlatiladigan shpatlevka tovarining yuk kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirib, jo‘natadi. Tadbir doirasida mazkur yuk mamlakatimiz hududiga kirib kelgach, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan kuzatuvga olindi.

 Haydovchi va uning sheriklari yuk ortilgan “Mersedes bens”ni Denov tumanidagi “Denov” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga olib kelmasdan bir necha joyga to‘xtatib, tovarlarni tushirishga harakat qildi. Shundan so‘ng qo‘shni davlatdan kelgan yuk avtomashinasi “Denov” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga olib kelinib, xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

 Avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan qurilishda ishlatiladigan shpatlevka tovaridan tashqari 47 turdagi 316 million 882 ming so‘mlik turli tovarlar borligi ma’lum bo‘ldi. Shunday qilib, yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan va Xitoyda ishlab chiqarilgan 203 dona maishiy texnika buyumlari, 11 dona “LG” televizori, yirik miqdordagi har xil turdagi atir-upa vositalari, 15 ming dona yaltiroq temir qoshiq, bir dona foydalanilgan yuk avtomobil vali yakuniy qaror qabul qilinguncha vaqtinchalik saqlovga olindi.

 Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech