09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,7 °C

Energetika
18 Dekabr  2018 1971

O‘zbekiston delegatsiyasi yanvarda «Paksh» AESiga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida ishlayotgan AES va atom energetikasi sohasidagi mamlakat qonunchiligi bilan tanishish uchun Vengriya mahkamalarida uchrashuvlar tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi («O‘zatom» agentligi)  bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudovning Budapeshtda o‘tkazilgan «BEST-2018» energetika sammitida xorijiy mutaxassislar bilan uchrashuvlaridan so‘ng bu borada kelishuvlarga erishilgan, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida sohani rivojlantirish masalalari va muammolari muhokama etilgan Sof energiya forumi o‘tkazildi. Agentlik rahbari o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda qurilishi boshlangan AES loyihasi va uni amalga oshirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida hamda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) tavsiyanomalarini hisobga olgan holda istiqboldagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘z axborotimiz

«O‘zatom» agentligi matbuot xizmati surati.
atomic-energy.ru

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech