19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Mamlakatimizda
10 Oktyabr  2019 303

Davlat bojxona qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlardagi videoga munosabat bildirdi

“Do‘stlik” chegara bojxona postidagi holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolavha yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi quyidagilarni ma'lum qiladi. 

2019-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.G o‘ziga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 19,2 mln. so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan maishiy texnika vositalari, kiyim-kechak va xo‘jalik buyumlarini bir guruh moddiy manfaat ko‘rish ilinjidagi fuqarolardan foydalangan holda “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali Qirg‘izistondan O‘zbekistonga noqonuniy olib kirayotganligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilayotgan jarayonda mazkur shaxslar tomonidan bojxona xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik holatlari sodir etilgan.

Davlat bojxona qo‘mitasi fuqarolardan bojxona qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilishlarini, har bir holat yuzasidan bojxona organlari xodimlarining ham, fuqarolarning ham  harakatlariga huquqiy baho berilishini eslatib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech