26 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,8 °C

Mamlakatimizda
7 Yanvar  2020 1251

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga muvofiq, davlat boji yuridik ahamiyatli harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Konsullik yig‘imi va patent boji ham davlat boji hisoblanadi.

Qonunga ko‘ra, vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va o‘ziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilar hisoblanadi.

Shuningdek, Qonunda davlat bojini undirish ob'ektlari hamda davlat boji stavkalarining miqdorlari belgilandi.

Qonun bilan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qat'iy ro‘yxati belgilab berildi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda da'vogarlar ish haqini undirish to‘g‘risidagi da'volar, alimentlar undirish to‘g‘risidagi da'volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Davlat bojining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq undirilishi va Davlat byudjetiga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech