16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,6 °C

Mamlakatimizda
14 Noyabr  2019 841

Oktabr va noyabr oylarida birjaga qo‘yilgan un miqdori va narxi bo‘yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qolipli non (buxanka) narxining oshishini sharhlab berdi. Birja savdolariga “qo‘yilgan un hajmi” bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi quyidagi tushuntirishlarni beradi:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan hamkorlikda bug‘doy unini birja savdolariga qo‘yilishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirib kelmoqda.

Shu bilan birga, jadval asosida birja savdolariga qo‘yilishi rejalashtirilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi kunlik ma'lumotlar birjaning saytida yoritib borilmoqda.

Joriy yilning 15-oktabridan 25-oktarigacha 6 700 tonna, 28 va 29-oktabr kunlari 5 801,6 tonna va 30-oktabr kuni esa 5 796,8 tonna unni birja savdolariga qo‘yish rejalashtirilgan edi.

Narx oshishi tavakkalchiligini pasaytirish maqsadida savdo o‘tkaziladigan birinchi haftada savdoga  qo‘yiladigan bug‘doy unining hajmini ko‘paytirish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Shunday qilib, 15-18-oktabr kunlarida jadvalga muvofiq 26,8 ming tonna  un savdoga qo‘yilishi kerak edi, haqiqatda esa kunlar bo‘yicha 37,4 ming tonna bug‘doy uni sotuvga qo‘yilgan. Bundan tashqari, bug‘doy unini uzluksiz yetkazib berish maqsadida 19,26 va 31-oktabr kunlarida birja savdolariga  qo‘shimcha yana 16,4 ming tonna bug‘doy uni qo‘yilgan.

Birja savdolarining birinchi haftasida  savdolarga jadvalda ko‘rsatilgan hajmdan ko‘proq un qo‘yilgani sababli, 23-oktabrdan 30-oktargacha  “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan birja savdolariga qo‘yilgan un xajmi kamroq bo‘lgan va ushbu to‘g‘risida  “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan Qo‘mita va birja belgilangan tartibda xabardor qilingan.

Shunday qilib, oktabr oyida  birja savdolariga 94,8 ming tonna  bug‘doy uni qo‘yilishi kerak edi, haqiqatda esa 101,6 ming tonna un qo‘yilgan.

Oktabr oyida unning o‘rtacha narxi 2 480 so‘m/kg teng bo‘lib, o‘z navbatida narxning  eng past darajasi 2 402 so‘m/kg va eng yuqori darajasi 2 579 so‘m/kg bo‘lgan.

Joriy yilning 1-12-noyabr kunlarida  jadvalga asosan birja savdolariga 137,7 ming tonna un qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 13-noyabr holatiga unning o‘rtacha narxi 2 482 so‘m/kg, uning eng past darajasi 2 431 so‘m/kg va eng yuqori darajasi 2 512 so‘m/kg tashkil qilgan.

Birja savolariga qo‘yilgan bug‘doy unini oktabr-noyabr oylaridagi narxlarini taqqoslaydigan bo‘lsak,  ularning  past va yuqori darajalari o‘rtasidagi tafovut oktyabr oyida 177 so‘m/kg va noyabr oyida 30 so‘m/kg bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibtiki,  birja savdolari orqali sotilayotgan bug‘doy unining narxi deyarli bir xil.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech