28 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,3 °C

Mamlakatimizda
6 Dekabr  2019 813

Dam olish kunlari bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun mamlakatimizga Kaspiy dengizi tomonidan kirgan antitsiklon sababli havo bulutli va salqindir. Kun oxiriga kelib, kechasi va ertaga ertalab faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat foni me'yorga yaqinlashib 7-12 daraja iliqdan ko‘tarilmaydi, deya xabar beradi O‘zgidromet.

Dam olish kunlarida butun respublika hududi nisbatan salqin va quruq havo oqimi ta'sirida bo‘lib havo ochiq bo‘ladi. Ertaga kechasi kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, yakshanba kechasi harorat 0-5 daraja iliqdan oshmaydi, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi esa 14-17 darajagacha iliydi. Bunday harorat me'yordan 3-5 darajaga yuqori.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech