21 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Mamlakatimizda
9 Dekabr  2019 864

Ertaga va mana shu haftada bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun Turkmaniston hududidan nisbatan nam va iliq havo oqimlari kirishi ta'sirida kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kechga borib kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar qiladi O‘zgidromet.

Respublika hududida 10-dekabrda yomg‘ir yog‘ib o‘tadi, shimolda yoqqan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Mamlakatimiz hududining katta qismida harorat foni nisbatan iliq bo‘lib, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi, shimolda haroratning kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kuzatiladi.

11-dekabrda Kavkaz hududidan sovuq havo kirishi bilan ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchayadi. 12-14-dekabrda ob-havoning nobarqarorligi saqlanadi, ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik, faqat mamlakatimizning shimoli-g‘arbiy tumanlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Sovuq antitsiklon ta'sirida shu kunlarda havo harorati asta pasayib kechasi 0-3 daraja, kunduzi 8-11 darajagacha tushadi. Bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.

Ertga mamlakatimiz hududlarida quyidagicha ob-havo kutilmoqda:

Toshkent shahri

Havo o‘zgarib turadi, bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 15-17° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda bir oz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor)  yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq - 2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yogingarchilik bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq - 3 iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech