24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Yashil sayyora
21 Fevral  2019 6622

Muntazam tozalanadigan joy emas, balki chiqindi tashlanmaydigan joy tozadir

Keling, kunilik tashvishlardan chalg‘ib, atrofga razm solamiz - bu bizning mamlakat, shahar, tuman, ko‘cha, uy. Afsuski, atrofimizni o‘rab turgan chiqindilar ham bizniki. Bunda ko‘cha, xiyobon, park va shunchaki turar-joylar manzarasiga «uyg‘un» va ko‘zimiz ham ko‘nikib ketgan chiqindilar istalgan kishida ichki norozilik uyg‘onadi, albatta. Ko‘chadagi chiqindilar – kichik vatanimiz, odamlar, va nihoyat, o‘zimizga bo‘lgan munosabatni bildirishini anglashimiz lozim. Ammo muammo haqida gapirish kamlik qiladi, bundan ko‘chalarimiz toza-ozoda bo‘lib qolmaydi. Buni amalda bajarish kerak. Endi ushbu jarayonga aniq shakl berish va tashkil etishning vaqti keldi. Toshkentda 11 dan 17-martga qadar o‘tkaziladigan «Hashar Week» ijtimoiy loyihasi tashkilotchilari ham aynan, shu fikrda.

 

Ushbu ijtimoiy loyihaga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan brifingda tashkilotchilar uning maqsad va vazifalarini ma’lum qilishdi.

Mazkur loyiha muallifi Suna Park «Hashar Week»ning keng jamoatchilik e’tiborini atrof-muhitning ifloslanishi, ekologiya va chiqindilarga bo‘lgan munosabat madaniyatiga qaratishga yo‘naltirilganini ta’kidladi.

Bir hafta mobaynida to‘rtta: harakat, ma’rifat, san’at, biznes yo‘nalishda tadbirlar o‘tkaziladi.

Harakat:

- chiqindilarni plastika, qog‘oz, shisha va plastiklarga saralang;

- «Hashar Week» ilovasini yuklab oling va aksiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting;

- saralangan chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshiring (11 tumanda saralangan chiqindilarni qabul qiladigan 21 ta qabul qilish punkti tashkil etiladi) va qimmatbaho mukofot egasiga aylaning;

Ma’rifat:

- Toshkentning 22 ta maktabida interfaol ekodarslar;

- 4 ma’ruza.

San’at:

- Toshkent Fotosuratlar uyida Tatyana Fadeeva, Sharifa Sharifxo‘jaeva, Sanjar Jabborov, Nuriddin Rasulov, Diyora Roziqova va Oksana Danilevskayalar ishtirokida badiiy ko‘rgazma.

Biznes:

  - «O‘zbekistonning yashil iqtisodiyoti: illyuziyami yoki haqiqat?» konferensiyasi;

- «yashil» startap loyihalar taqdimoti;

  - «O‘zbekistonda ekoturizmning salohiyati» borasida bahs-munozara.

Chiqindilarga bo‘lgan munosabat borasidagi tanlov «istayman/istamayman»dan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Chiqindilarni to‘plash va qayta ishlashning yangi tizimini barpo etishga hissa qo‘shayotganini anglagan har bir kishi shahardagi tozalik va ozodalik uchun mas’uldir. Biz, tom ma’noda barcha uchun shinam va qulay bo‘ladigan toza-ozoda shaharni barpo etish yo‘lida birinchi qadamlarni qo‘yishimiz lozim. «Hashar Week» loyihasida ishtirok etish har birimiz uchun ana shunday birinchi qadamlar bo‘lishi mumkin.

Galim Murtazayev.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech