17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Mamlakatimizda
16 Oktyabr  2019 359

Chirchiq shahriga jahon banki delegatsiyasi tashrif buyurdi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Chirchiq shahridagi “Yubileynaya” qozonxonasini Jahon bankidan ajratiladigan 16,2 mln. dollar kredit hisobiga modernizatsiya va rekonstruksiya qilinishi belgilangan.

Ushbu qarorni ijrosini ta'minlash maqsadida 15-oktabr kuni jahon bankining delegatsiya a'zolari Chirchiq shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qiladi. 

Tashrif chog‘ida 1-kichik nohiyada joylashgan 13 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimining holati bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Tashrif davomida Chirchiq shahar hokimining investitsiya va tashqi savdo ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.Turg‘unboev bilan 1 bosqichda amalga oshiriladigan ishlar hamda tiklash va qurilishi montaj ishlari bo‘yicha qizg‘in muhokama olib borildi. Muhokama natijasiga ko‘ra aholiga qulaylik yaratish va shahar issiqlik manbai samaradorligini oshirish maqsadida ish rejasini belgilab olishga muvafaq bo‘ldilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech