20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Transport
8 Yanvar  2019 1470

Qancha erta sotib olsang, yo‘l chiptalaridan shuncha tejaysan

Xizmat zarurati yuzasidan Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasiga mehnat safari yoki ishlashga chiqishni yengillashtirish uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 2019-yilda davlatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l chiptalari xaridida chegirmalarni taqdim etadi.

Xususan,  yotoqxonali va kupeli vagonlarga 45-41 sutka oldin chipta hujjatlarini rasmiylashtirishda 55 foiz chegirma, poezd jo‘nashidan 40-31 sutka ilgari xarid qilinsa 45 foiz chegirma taqdim etiladi.  Chiptalarni 30 dan 6 kungacha oldin olinsa, xarid qiluvchi chipta narxining 35 foizini tejab qoladi.

Platskart vagonlarga ham chegirmalar bor. Yuqorida tilga olingan sutkalar ichida chipta xarid qilinsa, mos ravishda 45, 35 va 25 foiz chegirmalar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, 2019-yilning 16-yanvaridan 1-apreliga qadar Rossiyadan qaytish chiptalari, Moskva - Toshkent, Moskva - Andijon, Qozon - Toshkent, Novosibirsk - Toshkent, Ufa - Toshkent, Volgograd - Toshkent, Saratov – Toshkent yo‘nalishlarida 50 foizlik chegirma  amal qiladi.

– Ko‘pgina davlatlarda turli chegirmalarni taqdim etish amaliyoti mavjud. Biz xorij tajribasini diqqat bilan o‘rganib chiqib, kelgusida yo‘lovchilarga taqdim etish uchun ishlab chiqamiz, – deydi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning Turizm, reklama va marketing tadqiqotlari agentligi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Isaev.

Akimjan Adizov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech