18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,7 °C

Sport
5 Mart  2019 1254

Charos Qayumova Erondagi musobaqaning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Taekvondochilarimiz Eronning Fajr shahrida o‘tkazilgan “Fajr Open” xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. Asosiy tarkib vakillari bilan qatnashgan yurtdoshlarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqladilar.

 

Musobaqada sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. E'tiborlisi, -53 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Charos Qayumova tashkilotchilar tomonidan turnirning eng yaxshi sportchisi, deb topildi.

Qolaversa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishing:
Ayollar
-49kg: Madina Mannopova – 2-o‘rin
-53kg: Charos Qayumova – 1-o‘rin
-62 kg: Feruza Sadiqova – 1-o‘rin
-67kg: Nigora Tursunqulova – 1-o‘rin
+73 kg Svetlana Osipova – 2-o‘rin
Erkaklar
-54 kg: Valentin Xegay – 3-o‘rin
-74 kg: Nikita Rafalovich – 3-o‘rin

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech