16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Turizm
12 Mart  2019 1796

Camarqand jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasiga a’zo bo‘ldi

«ITB Berlin – 2019» xalqaro turistik ko‘rgazmasining ikkinchi kunida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi (WTCF) bosh kotibi o‘rinbosari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda WTCF rahbariyati tomonidan Samarqand shahri federatsiya a’zosi bo‘lganligi ma’lum qilinib, bu haqida rasmiy ma’lumot joriy yil aprel oyida taqdim qilinishi aytildi. 2019-yilning sentyabr oyida Xelsinki shahrida WTCF’ning navbatdagi chiqish sammitida Samarqand shahrining ushbu federatsiyaning to‘laqonli a’zosiga aylangani alohida e’tirof etiladi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi telegram kanalida ma’lum qilindi.

Rasmiy uchrashuvda Samarqand shahrida WTCF’ning yillik sammitini o‘tkazish yuzasidan ham takliflar bildirildi. Federatsiya tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan batafsil ma’lumotlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ma’lum qilinishi aytildi.

Shu o‘rinda aytish joiz, Xitoy hukumati tashabbusi bilan 2012-yilda Pekin shahrida dunyoning yetakchi sayyohlik shaharlarining hamkorligini yanada yaxshilash va xorijiy tashkilotlar o‘rtasida tajriba almashinuvini kuchaytirish maqsadida Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi (WTCF) tashkil etilgan. WTCF bugungi kunda 5 ta qit'adagi 69 ta mamlakatni qamrab olgan bo‘lib, 211 ta a’zosi bo‘lgan to‘liq xalqaro turizm tashkiloti hisoblanadi. Federatsiya tarkibiga 140 ta shahar, 71 ta tashkilot va 6 ta filial kiradi. Shu bilan birga, federatsiya ketma-ket to‘rt yildan beri ITB Berlin ko‘rgazmasining asosiy tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etib kelmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech