26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Harbiy
28 May  2019 514

Buxorodagi o‘ta muhim ob'ektlarda shartli dushmanni qo‘lga olish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Buxoro viloyatida joylashgan Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismlardan birida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu majmuaviy maxsus-taktik mashg‘ulotlar hamkorlikdagi qurolli kuchlar tuzilmalari harakatlarini muvofiqlashtirish, mobil bo‘linmalarning o‘ta muhim ob'ektlarga yetib borish vaqtlarini qisqartirish, turli ko‘rinishdagi noqonuniy tajovuzlarni oldini olish, tabiiy va texnogen ofatlar ro‘y berganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar erta tongda to‘satdan chegara oldi hududlarida shartli noqonuniy qurollangan “jangarilar” to‘dasi to‘planayotganligi, ularning maqsadi bir necha o‘ta muhim ob'ektlarda qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish ekanligi ma'lum bo‘lgach, mavjud ob'ektlarda qo‘riqlashni kuchaytirilgan rejimga o‘tkazishdan boshlandi.

Mashg‘ulot jarayonida dushmanni qurshab olish va yakson etish, portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan avtomobillarni zararsizlantirish, garovga olonganlarni ozod qilish, minalashtirilgan ko‘prikni minalardan tozalash kabi ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tegishli vazirlik va idoralar kuch tuzilmalari bilan xamkorlikda  tashkil etilgan maxsus-taktik o‘quvlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamda Qandim gazni qayta ishlash zavodi mutasaddilari tomonidan mashg‘ulotda faol qatnashgan harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech