09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Kеyingi avlod
12 Avgust  2019 883

Buxorodagi maktab xalqaro matematika maktabiga aylantirildi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘rsidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, Qorako‘l tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatiga “xalqaro matematika maktabi” maqomi berildi.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur o‘qitish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab maktabning 7-sinfiga 90 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Xalqaro maktabda matematika faniga qiziquvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari ham shartnoma asosida ta'lim olishlari mumkin.

Shuningdek,  o‘quvchilarga yanada chuqurroq bilim berish maqsadida xalqaro maktabga xorijiy mamlakatlardan ham o‘qituvchilarni ishga qabul qilishga ruxsat etildi.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab xalqaro maktab direktori, o‘rinbosarlari va o‘qituvchilariga byudjet mablag‘alari hisobidan 100 foiz qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech