20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,1 °C

Mamlakatimizda
3 Aprel  2019 1308

Buvayda tumanida ham fuqarolarning dardi tinglandi

Davlatimiz rahbarining topshirig‘i asosida ayni paytda mamlakatimizning barcha hududida Prezident Xalq qabulxonalari aholi muammolarini hal qilish uchun davlat boshqaruvi organlari va sektorlar rahbarlarining ommaviy qabullarini tashkil qilmoqda.

Xususan, kuni kecha Farg‘ona viloyati ikkinchi sektori rahbari Sadriddin Turdiyev tomonidan Buvayda tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Tumandagi 11 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu sektor hududida bo‘lib, 36 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Fuqarolar, davlat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashgan mazkur tadbirda murojaatlar, asosan, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi. Ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Masalan, “Yangiqo‘rg‘on” qishlog‘ida yashovchi A.Rizayev tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish, “Oqtom” qishlog‘ida yashovchi I.Axmedov davolatish va nogironlikni belgilash, “Sho‘rtepa” qishlog‘ida yashovchi E.Raxmatullayev xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish, “Bandikushod” qishlog‘ida yashovchi R.Usmonova fuqarolik sudining qaroridan norozi ekani, “Ariqbo‘yi” qishlog‘ida yashovchi U.Sotvoldiyev nogironlik aravachasi bilan ta’minlash, “Anhor” qishlog‘ida yashovchi O.Tojiboyeva ishga joylashtirish, “Beglar” qishlog‘ida yashovchi Sh.Madiyeva mahalla ko‘prigini ta’mirlash, “Urganji” qishlog‘ida yashovchi Sh.Axmedov maktab o‘quvchilari uchun katta yo‘ldan o‘tish joyi tashkil etishda  yordam so‘rab murojaat qildilar.

– Bir necha oy davomida turli tashkilotlarga murojaat qildim, lekin ishga joylasha olmadim. Sayyor qabul davomida Buvayda tumanidagi 4-sonli maktabga ishga qabul qilindim, – deydi ”Cho‘l” qishlog‘ida yashovchi  F.Mamarizayeva.

– Zax suvlari ko‘tarilib, daraxtlar qurimoqda, devorlar tulamoqda. Bu haqda tegishli idoralarga qilgan murojaatim ijobiy hal etilmayapti, – deya murojaat qildi “Yangihayot” qishlog‘ida yashovchi K.Yuldashev.

Fuqaroning murojaati taaluqli idoralar vakillari ishtirokida o‘rganilib, chora-tadbir belgilandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech