15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Energetika
26 Avgust  2019 547

Bugundan Qarshi shahrida zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish boshlanadi

Xabaringiz bor, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab bosqichma-bosqich elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.

Shunga ko‘ra, 26-avgustidan “Elektron xisoblagich” mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri iste'molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi. Qarshi shahrida 59 195 ta aholi va 5 882 ta yuridik iste'molchilarga jami 65 077 ta hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabar qiladi.
Eslatib o‘tamiz, hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan bepul o‘rnatilmoqda.


O‘rnatilayotgan elektr hisoblagichning ishlashi, undan foydalanish qoidalari va shunga o‘xshagan boshqa ko‘pgina ma'lumotlarni aholiga yetkazish uchun maxsus videorolik hamda yo‘riqnoma tayyorlandi va telegramm kanalimizga joylashtirildi.


Ayni vaqtda hisoblagichlar o‘rnatishda biror bir anglashmovchilik yoki ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa xabardor qilishingizni istaymiz, deyiladi jamiyat xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech