16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
1 Iyun  2019 1751

Bugundan Prezident maktablariga hujjatlar qabuli boshlandi

Joriy yilning 1-22-iyun kunlari Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi Prezident maktablarida hujjatlarni qabul jarayoni bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Timur Kaysarov olgan surat.

Prezident maktablarining cheklangan miqdorda tashkil etilishi mazkur muassasalarni boshqarishning butunlay yangi modelini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Ushbu sinov muvaffaqiyatli o‘tgach, xulosalar jamlangan holda 2020-2021-yillarda Prezident maktablari respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etiladi.

Talabgorlar bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, 2018-2019-o‘quv yilidagi tabelining tasdiqlangan nusxasi hamda ta'lim olayotgan maktabidan belgilangan shakldagi ma'lumotnomani (maktab direktoridan olinadi) taqdim etishi kerak. Hujjatlar namunalari pm.xtv.uz saytiga joylashtirilgan. Shuningdek, hujjat namunalari maktablarda ham bor.

Hujjatlar qanday topshiriladi?

Hujjatlarni ikki xil usulda topshirish mumkin: onlayn va oflayn. Hujjatlar onlayn usulda Prezident maktablarining rasmiy sayti orqali qabul qilinadi. Buning uchun hyech qaerga borishning hojati yo‘q. Onlayn qabul 21-iyun kuni soat 00:00da yakunlanadi. Rasmiy sayt manzili: pm.xtv.uz

Internetdan foydalanish imkoniyati yo‘q ota-onalar hujjatlarni oflayn usulda topshirishlari mumkin. Buning uchun Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi qabul markazlariga borishlari kerak. Qabul markazlari manzili jadvalda ko‘rsatilgan. Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 22 iyun kuni soat 17:00 da yakunlanadi. 17:00 dan boshlab hujjatlar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Hujjatlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish

Ota-ona talab etilgan hujjatlarni qabul markazlariga olib kelib topshirgach yoki pm.xtv.uz rasmiy veb-sayti orqali yuborgach, qabul markazlari xodimlari hujjatlarni ko‘rib chiqishadi. Ota-ona operator yordamida ma'lumotlarni elektron bazaga kiritadi. Ota-onalar kiritilgan ma'lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi oferta shartnomasini imzolaydilar.

Xabarnomani qabul qilish

Talabgor arizasi qabul qilingani to‘g‘risida tasdiqlovchi SMS xabarnomaga ega bo‘ladi. Talabgor pm.xtv.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali ariza holati va yangiliklardan xabardor bo‘lib borishi kerak, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech