15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,4 °C

Energetika
13 Noyabr  2019 699

Bugundan Mo‘ynoq tumanida zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish boshlandi

Joriy yilning 13-noyabridan boshlab “Elekron hisoblagich” mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Qaraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani iste'molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Tumanda jami 5733 ta hisoblagich o‘rnatilishi belgilangan.

Hozirda Qaraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. 2020 yil yakuniga qadar resrublikaning barcha tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar to‘liq o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda mamlakatimizning 72 ta tuman va shaharlarida 1,9 milliondan ziyod zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatildi. Yil yakuniga qadar 2,5 milliondan ortiq elektr hisoblagichlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, 2020 yil yakuniga borib 7 milliondan ortiq iste'molchilarning barchasi ushbu tizimga to‘liq ulanishi ta'minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan bepul o‘rnatilmoqda.

Hurmatli iste'molchilar, hisoblagichlar o‘rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-202-50-55, 11-54 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech