
Sport
11
Mart 2019
1786
Bugun “Lokomotiv” Qatarda “Ar-Rayyan” jamoasiga qarshi maydonga tushadi
Bugun, 11 mart kuni Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi ishtirokini davom ettiradi. “Temiryo‘lchilar” safarda Qatarning “Ar-Rayyan” jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.
Uchrashuv Doha shahridagi “Jassim bin Hamad” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:35da boshlanadi. Mazkur o‘yinni “Sport” telekanli jonli efirda namoyish qilishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” birinchi turda “Al-Vahda” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.