15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,8 °C

Sport
22 Aprel  2019 1291

Bugun 4 nafar bokschimiz yarim finalga yo‘l oldi

Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kuni vakillarimiz uchun yakunlandi. Bu kun dasturida chorak final bellashuvlarini qamrab qolgan birinchi kun janglari o‘tkazildi. Unda terma jamoamizning 4 nafar vakili yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Bu esa ularning har birida kamida bronza medali bor degani. Bugungi natijalar:

Kunduzgi dastur natijalari:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Xampxouvan Xamsatone (Laos)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Chatchai Budte (Tailand)
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva – Mijgona Samadova (Tojikiston)
-69 kg: Shaxnoza Yunusova – Makoto Kikuchi (Yaponiya)
-81 kg: E'zoza Melieva – Lina Vang (Xitoy)

Kechki dastur natijalari:
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov – Amit Pangal (Hindiston)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov – Bek Nurmaganbet (Qozog‘iston

Ertaga chorak finalning qolgan bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech