20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Bilasizmi?
10 Sentyabr  2019 559

Braziliyada sobiq prezident Lula va uning ukasiga qarshi yangi ayblovlar qo‘yildi

Braziliya bosh prokuraturasi sobiq prezident Luis Inasiu Lula da Silva va uning ukasiga qarshi yangi passiv korrupsiya ayblovlarini ilgari surdi.

«San-Pauludagi Lava Jato operatsiyasi guruhi sobiq prezident Lula va uning ukasi Freya Chikoni uzoq muddatli passiv korrupsiyada ayblanadi», deyiladi prokuratura bayonotida.

Prokuraturaning bergan ma'lumotiga ko‘ra, Lulaning ukasi 2003-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan davrda «Odebrecht» qurilish kompaniyasidan 274 ming dollardan ko‘proq miqdorda pul mablag‘lari olgan. Ushbu to‘lovlarni «Odebrecht»ning turli imtiyozlarga ega bo‘lish uchun amalga oshirgani aytilmoqda

Prezidentning himoyasi prokratura tomonidan qo‘yilayotgan yangi ayblovlarni inkor etgan. Lula esa ilgari korrupsiya uchun 8 yilu 10 oy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Lotin Amerikasidagi qator hukumat vakillari Braziliya energogiganti «Petrobras»ning asosiy pudratchisi bo‘lgan «Odebrecht» tomonidan millionlab pora olgan. AQSh sudi ma'lumotlariga ko‘ra, «Odebrecht» xorijiy siyosatchilar va hukumat vakillariga 2001-yildan 2016-yilgacha bo‘lgan davrda jami 439 million dollar to‘lagan. Ushbu qurilish gigantidan foydali shartnomalar uchun «minnatdorlik» qabul qilganlar orasida Argentina, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Ekvador, Gvatemala, Meksika, Panama, Peru, Venesuela rasmiylari ham borligi aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech