
Sport
8
Iyul 2019
817
Braziliya Kopa Amerika musobaqasi g‘olibi
Braziliya terma jamoasi o‘z maydonida o‘tgan futbol bo‘yicha Kopa Amerika musobaqasida g‘olib bo‘ldi. Jahonning besh karra chempionlari finalda Peruni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Marakana”dagi o‘yinning 15-daqiqasida Everton hisobni ochgach, 44-daqiqada Gerrero penaltidan muvozanatni tikladi. Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Gabriel Jezus mezbonlarning tanaffusga ustunlik bilan yo‘l olishini ta'minladi. 90-daqiqadagi Risharlisonning penaltidan urgan goli yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:1.
Shu tariqa, Braziliya o‘z maydonida o‘tgan beshinchi Kopa Amerika musobaqasida ham g‘alaba qozondi. Umumiy hisobda, braziliyaliklar 9-marotaba Janubiy Amerika chempioni bo‘lishdi.