14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Moliya
24 Oktyabr  2019 732

To‘qqiz oyda Toshkentda 3 trilion so‘mdan ziyod qarzdorlik undirildi

2019-yilning to‘qqiz oyi davomida birgina Toshkent shahar Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan energiya resurslari va suv ta'minotidan foydalanganlik uchun 3 trln. 145 mlrd. 368 mln. so‘m undirildi. 

Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 trln 381,4 mlrd so‘mga oshgan, deya ma'lum qilgan Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.              

Shu yilning o‘tgan davrida Toshkentning tumanlardagi MIB bo‘linmalariga jami 9 trln. 687. mlrd so‘mdan ziyod ijro hujjatlari (ular asosida undiriladigan qarzlar hujjatlari) kelib tushgan. Shulardan 5 trln. 779 mlrd. 026 mln. so‘m miqdoridagi 383.471 ta ish bajarildi.

Byuro tashkil etilgan kundan boshlab 17.335 nafar iste'molchilarga nisbatan umumiy qiymati 28 mlrd. 273,9 mln. so‘mlik asossiz qarzlar aniqlandi. Byuroning dolzarb vazifalaridan biri ham asossiz qarzdorlikning shakllanishini oldini olish hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech