18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,8 °C

Dolzarb
18 Fevral  2019 1662

2040-yilga borib energiyaga bo‘lgan talab uchdan birga o‘sadi

«British Petroleum» (VR) yonilg‘i kompaniyasi 2019-yil uchun (BP’s 2019 Energy Outlook) dunyo energetikasi rivojlanishining yillik prognozini e’lon qildi. Hujjat keng muhokama uchun mo‘ljallangan.

 

Joriy yildan tashqari, yana 2040-yilga qadar ham prognoz amalga oshirilgan.

Ma’ruzada uzoq istiqbolga mo‘ljallangan dunyo energetika rivojlanishi borasidagi bir necha ssenariy ko‘rib chiqilgan. Variantlarning aksariyati «evolyusion o‘tish» (evolving transition), ya’ni mavjud an'analarni bir tekis rivojlantirib borish ssenariysiga asoslangan. Bunda turli noaniqliklarning katta miqdorini hisobga olgan holda har bir konkret ssenariyni amalga oshirish ehtimoli uncha katta emasligi ham ta’kidlanadi.

«2040-yilga borib, dunyodagi energetika balansi tuzilmasi har qachongidan ham diversiyalashgan bo‘ladi», deya taxmin qilmoqda kompaniya ekspertlari.

«VR»ning baholashiga muvofiq, tiklanadigan energiya manbalari tezkor sur’atlarda o‘sib boradi va uni ishlab chiqarish besh baravarga ortadi. U yetkazib beriladigan birlamchi energiyaning taxminan 14 foizini ta’minlab bera oladi.

Neftga bo‘lgan talab deyarli butun prognoz davri mobaynida o‘sib boradi va uning oxirlariga kelib barqarorlashadi. Ko‘plab energiya manbalari orasida ikkinchi o‘rinda turuvchi ko‘mirni siqib chiqaradigan tabiiy gazga bo‘lgan talab ham tez sur’atlarda o‘sadi. Neft va gaz birgalikda dunyo energobalansining yarmidan ko‘prog‘ini ta’minlaydi. Dunyo bo‘ylab ko‘mirdan foydalanish o‘sishdan to‘xtaydi. Masalan, sharhda keltirilishicha, Xitoyda buning barqarorlashib olganidan tobora ko‘payib borayotgan omillar ham dalolat bermoqda.

Mavjud an’analar qatori dunyoda atom va gidroenergetika sohasining ham o‘sayotgani ta’kidlanadi. Ammo u butun dunyoda elektr energiyasi ishlab chiqarish sur’atidan sekinroq o‘smoqda. Buning natijasida umumiy elektr energiya ishlab chiqarilishidagi ulushi pasayib ketishi kuzatiladi.

Kompaniya AESlardagi elektr energiyasi generatsiyasi soatiga 3400 TVtga o‘sishini prognoz qilmoqda. Dunyoda yadroviy generatsiya hajmi o‘sishi yiliga 1,1 foizni tashkil etadi va bu so‘nggi 20 yil ichidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga mos keladi. Bunda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) davlatlarida ko‘pgina AESlarning ekspluatatsiyadan olinishi va generatsiya qiluvchi yangi quvvatlar qurilishiga kichik investitsiyalarning kiritilishi sababli yadroviy generatsiya pasaysa, Xitoyda aksincha, 2040-yilga borib yadroviy generatsiya hajmi butun IHTT davlatlarining umumiy hajmlari bilan tenglashadigan bo‘ladi.

Elektroenergetika birlamchi energiyaga bo‘lgan talab o‘sishini 70 foiz ta’minlab beradi.

Sharhda keltirilishicha, 2040-yilga borib havoga karbonat angidrid gazi ajralib chiqishi 10 foizga o‘sadi. Bu so‘nggi 25 yil ichidagi atmosferaga is gazi chiqarilishi o‘sishidan sezilarli darajada kam. Ammo hali hamon Parij kelishuvi maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan havoni ifloslantirishning kamayishi emas, balki sezilarli oshishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech