22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
26 Iyul  2019 281

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narxlar bo‘yicha ma'lumot berdi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2019-yil 23-iyul kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e'lon qilindi.

Unga ko‘ra Molgo‘shti 28000 so‘mdan 50000 so‘mgacha (kg)

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 28000 so‘m kuzatildi. Mol go‘shtini maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” hamda “Mirobod dehqon bozori”da 50000 so‘m kuzatildi.

Qo‘y go‘shti 32000 so‘m dan 58000 so‘mgacha

Qo‘y go‘shti minimal narxlari Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” hamda“ Mirobod dehqon bozori”da 32000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da 58000 so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1000 so‘mdan 4000 so‘mgacha

Kartoshka mahsulotlarining minimal narxi Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Farg‘ona shaharining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 4000 so‘mdan kuzatildi.

Piyoz 500 so‘mdan 3500 so‘mgacha

Piyoz mahsulotlarining minimal narxlari Toshkent shahrining “Eskijo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da 500 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Temir yo‘l dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 3500 so‘mdan kuzatildi.

Sabzi 1000 so‘mdan 5000 so‘mgacha

Sabzi mahsulotlarining minimal narxlari Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Guliston shahrining “Guliston

Dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori”da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 5000 so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 2000 so‘mdan 9000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum minimal narxlari Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da 2000 so‘m kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 9000 so‘m kuzatildi.

Guruch 5000 so‘mdan 18000 so‘mgacha (kg)

Guruchning minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”da 5000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahrining markaziy dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 18000 so‘m kuzatildi. O‘simlik yog‘i 8000 so‘mdan 12500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘ining minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 8000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Samarqand shahrining “Temir yo‘l dehqon bozori” hamda “Damariq dehqon bozori”da 12500 so‘mdan kuzatildi.

Shakar 4800 so‘mdan 5500 so‘mgacha (kg)

Shakarning minimal narxlari Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da 4800 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahrining markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, “Eski shahar dehqon bozori”, Navoiy shahrining“ Saxovat bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temir yo‘l dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Termez shahrining “Termez shahar oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”,“Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 5500 so‘mdan kuzatildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech