22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1 °C

Sport
28 Oktyabr  2019 832

“Bosh vazir kubogi-2019” musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida “Bosh vazir kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Reglamentga ko‘ra, ushbu sport musobaqasi ayollar o‘rtasida voleybol, erkaklar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil etildi.

Shubhasiz, ko‘pchilikning diqqat-e'tibori futbol uchrashuvlariga qaratildi. Poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida o‘tgan final bellashuvida Oliy sud va “O‘ztelekom” jamoalari bahs olib bordi. Keskin va murosasiz kechgan o‘yinda huquq sohasi mutaxassislari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi

Voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” jamoasi barcha raqiblarini mag‘lub etdi. Futbol bo‘yicha final uchrashuvi yakunlanganidan keyin barcha yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taqdirladi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng konsert dasturi bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech