12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,6 °C

Mamlakatimizda
1 Aprel  2019 1802

Bosh prokuror 2-3-aprel kunlari Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida Prezidentning Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda  joriy yilning 2-3-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazadi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xususan, 2019-yil 2-aprel kuni Jondor tumani musiqa va san'at maktabi binosida Qorako‘l, Olot, Jondor, Peshko‘, Romitan, Shofirkon hamda Buxoro tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Joriy yilning 3-aprel kuni esa Kogon shahar hokimligi binosida Buxoro va Kogon shahri, shuningdek Kogon, G‘ijduvon, Vobkent, Qorovulbozor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Bosh prokuror qabuliga kirishni xohlagan fuqarolardan aynan qaysi masalada murojaat qilish istagida ekanliklari haqida imkoniyat darajasida avvaldan Buxoro viloyati prokuraturasiga 65-221-70-23 telefon raqami orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz. Bu murojaatingizni manzilli o‘rganish va joyida hal etish imkonini yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech