16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Sport
26 Aprel  2019 851

Bokschilarimiz Osiyo chempionatini umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinda yakunlashadi

Xabaringiz bor, Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetib bormoqda. Ayni paytda o‘rta vazn toifasida final janglari o‘tkazilyapti. Biz uchun quvonarlisi, mazkur qit'a chempionitini yigitlarimiz umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinda yakunlaydigan bo‘lishdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Finalga O‘zbekiston terma jamoasidan 5 yigit yetib kelgan va ularning 3 nafari chempionlikni rasmiylashtirishdi. Bu borada bizga raqobat tug‘dirayotgan Qozog‘iston va Hindiston terma jamoalaridan 4 bokschi oltin medal uchun bahs olib boradigan edi. yengil vazndagi vakillarimiz 2 hindistonlik bokschilarni mag‘lub etishdi. Bu borada hindistonliklarning qolgan finalchilari g‘olib bo‘lgan taqdirda ham ularning oltin medallari 2 ta bo‘ladi.

Qozog‘iston terma jamoasining dastlabki finalchisi (-60 kg) mo‘g‘ilistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Bu degani qolgan qozog‘istonlik bokchilar g‘alaba qozongan taqdirda ularning oltin va kumush medallar bo‘yicha ko‘rsatkichi 3-1 ko‘rinishiga keladi. Mabodo og‘ir vazndagi bokschilarimiz mag‘lub bo‘lishsa (umid qilamizki, unday bo‘lmaydi. Bu gap shunchaki rasmiy hisob-kitob uchun ishlatildi), oltin-kumush medallar bo‘yicha bizdagi raqamlar 3-2 ni tashkil etadi. Demakki, oltin medallar soni teng, kumush medallar bo‘yicha ko‘rsatkich baribir bizning vakillarimiz tomonda bo‘ladi.

2 yil avval Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatini birinchi o‘rinda yakunlagan edik. Bu safar ham bokschilarmiz qit'ada tengsiz bo‘lishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech