15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Sport
2 Aprel  2019 1380

Bokschilarimiz Bokuda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Ozarbayjon poytaxtida boks bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li” nomli xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

 

10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan ushbu turnirda O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu borada mezbon jamoa vakillari peshqadamlikni berishmadi. Kuchli uchlikni esa qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari band etdilar.

Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan vakillarimizni eslatib o‘tamiz:

Iqboljon Xoldorov (-69 kg) – oltin
Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin
Obid Toxirov (+91 kg) – oltin
Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush
Shukurjon Rahimov (-60 kg) – kumush
Jasurbek Latipov (-49 kg) – bronza
Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) – bronza
Xurshid Abdullaev (-81 kg) – bronza

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech