17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Mamlakatimizda
27 Fevral  2019 1390

Bojxona postida 509 gramm tilla taqinchoqlar bemavrid “jilolandi”

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona postida qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan fuqaro S.M.ning bezovtalanishi bojxonachilarda shubha uyg‘otdi.

Ushbu shaxs xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bo‘yniga va qo‘llariga taqib olgan holda 4 turdagi tilla taqinchoqlarni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lganligi fosh bo‘ldi. 295 gr og‘irlikdagi mazkur zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 118 mln so‘mni tashkil qilar ekan.

Ayni shu kuni yana bir fuqaro M.M ham 3 turdagi zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqish uchun yuqoridagi kabi “usul”ni qo‘llab ko‘rdi. Ammo, bu “usul” unga ham naf bermadi. Natijada, qiymati  85,6 mln so‘mlik 214 gr og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini olib chiqish unga “nasib” qilmadi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech