15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Sport
4 Iyul  2019 739

B.Meliqo‘ziyev keyingi oy professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev avgust oyida o‘zining professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Meliqo‘ziyev 30-avgust kuni Kaliforniya shtatining Pasadena shahrida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma'lum emas. Jang olti raunddan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev 13-iyun kuni Hollivudda bo‘lib o‘tgan boks kechasida prof-boksdagi debyut jangini o‘tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi jangda raqibini birinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech