21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Dolzarb
13 Mart  2019 2143

AQSh 21 davlatda Fuqarolik va immigratsiya xizmatini yopishni rejalashtirmoqda

Uning shtatida 240 odam bo‘lib, ular u yoki bu davlatda ham ishlashaveradi, deya xabar tarqatdi tass.ru.

 

Oilaviy vizalar, asrab olish va Amerika fuqaroligini taqdim etish so‘rovlari bilan ishlash Qo‘shma shtatlarning mos davlatlardagi elchixonalari va konsulliklari o‘rtasida taqsimlanadi, deya xabar berdi seshanba kuni Fuqarolik va immigratsiya xizmati direktori Frensis Sissnaning ichki farmoyishiga tayangan «The Washington Post» nashri.

RATA-TASSning manbaga tayanib xabar berishicha, xizmat yaqin oylar ichida «mahkamaning tobora tugab borayotgan resurslarini maksimumga yetkazishga urinish» uchun bir necha byurolarini yopadi.

Shuningdek, xabarda AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmatining joriy yil fevral oyi boshida Moskvadagi byurosini yopishi haqidagi qarori ham tilga olinadi. Endi Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Estoniya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistondan tushuvchi immigratsiya oid masalalarni hal etishni Afinadagi byuro o‘z zimmasiga oladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech