18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Sport
1 May  2019 1181

“Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida mamlakatimizda «sport oyligi» boshlandi

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi qo‘l urgan ushbu yangi loyihaga start berildi. Unda ilgari surilgan “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” jumlasi yuzlab yosh sportchilarning qalbidagi shiorga aylandi. Aynan ushbu shior bilan boshlangan yangi fleshmob sekin-asta Respublikamiz hududini qamrab olmoqda, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Bunday sport oyligini e'lon qilish, avvalo, ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchi qatlamni oshirish va har bir fuqaroni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishdir.

Biz joriy qilgan oylik murakkab sport turlarini qamrab olmagan. Unda asosan basketbol, futbol, voleybol, gandbol kabi o‘yin sport turlarini uchratish mumkin. Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari, maktab va oliy o‘quv yurti vakillari uchun alohida dastur ishlab chiqilgan. Misol uchun, maktabgacha ta'lim va kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun “Quvnoq startlar” sport o‘yinini joriy qilganmiz. Umuman sport dasturlari bo‘yicha nizom ishlab chiqqanmiz va bu bilan kerakli federatsiyalar va ta'lim muassasalari tanishib chiqishgan”, – dedi MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov.

Sport oyligi 31-mayga qadar davom etadi. Unda yurtimizning barcha tuman va shaharlari bo‘yicha ko‘plab ommaviy musobaqalar tashkil qilish rejalashtirilgan bo‘lib, yakunda Respublika bosqichi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarni aniqlab olish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech