15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Sport
24 Oktyabr  2019 691

O‘zbek qizi bir musobaqada 3 ta oltin medal va jahon rekordlarini qayd etdi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida -64 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Kumushxon Fayzullaeva 3 yo‘nalishda oltin medallarni qo‘lga kiritdi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

17 yoshli vakilamiz dast ko‘tarishda 97 kg, siltab ko‘tarishda 125 kg, ikki kurash natijasida esa 222 kilogramm natija bilan qit'a chempionligini qo‘lga kiritdi. Yana bir ahamiyatli jihati hamyurtimiz bu natija bilan o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarishda o‘ziga tegishli jahon rekordini takrorlagan bo‘lsa, siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha yangi jahon rekordlarini o‘rnatishga ham muvaffaq bo‘ldi. Ta'kidlash joiz, bu natija sportchimizga Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech