10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Transport
7 Oktyabr  2019 3885

Poezd chiptalarini mobil ilova yordamida sotib olish mumkin

«Uzrailway tickets» rasmiy mobil ilovasining yangi versiyasi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ temir yo‘l chiptalarini sotishning yangi tizimi asosida ishlab chiqilgan.

Unda boshqa qo‘shimcha ishlanmalardan tashqari, elektron chiptalarni onlayn rejimida qaytarish kabi yangilik ham mavjud. Agar siz allaqachon shaxsiy ma'lumotlarni kiritish orqali (F.I.Sh, pasport seriyasi va raqami) ilovada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz,  keyingi safar ushbu amallarni bajarishga hojat qolmaydi. Tizim Sizni eslab qoladi va avtomatik ravishda keyingi qadamlarga o‘tkazadi.

Mobil ilova android platformasida ishlaydi. Yaqinda ilova iOS qurilmalari uchun ham ishlay boshlaydi. Chiptalarni UZCARD bank kartasi orqali sotib olish mumkin. Shuningdek, xalqaro to‘lov tizimlari orqali chiptalarni sotib olish imkoniyati ham ishlab chiqilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech