23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,9 °C

Bilasizmi?
1 May  2019 953

Bibi Maryam ibodatxonasini 3D-printer yordamida tiklash taklif etildi

Fransiya poytaxti Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasini 3D-printer yordamida tiklash taklif etildi, deya xabar tarqatdi Niderlandiyaning Concr3De kompaniyasi ma’lumotiga tayangan «Le Figaro» nashri.

Ta’kidlanishicha, bunday texnologiya ibodatxonani qisqa fursatlar ichida tiklash imkonini beradi va moliyaviy tomondan ham tejamliroq.

Gollandiyalik mutaxassislarning aytishicha, gotik uslubdagi arxitektura haykallarini bir kecha-kunduz ichida 2500 dan 5000 ming yevrogacha mablag‘ sarflab tiklash mumkin ekan. Bu ularni ustaxonalarda toshdan yo‘nishga ketadigan xarajatlardan bir necha baravar kam, degani.

Shuningdek, Niderlandiya kompaniyasining ibodatxona detallarini yasash uchun kul, maydalangan ohaktosh, siyoh va noorganik birikmalardan foydalanishi mumkinligi ham aytiladi.

Joriy yilning 15-aprelida Bibi Maryam ibodatxonasida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli tom qismining uchdan ikki qismi qulab tushgan, gumbazi to‘liq yonib ketgan. Ayni damda Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari qasddan yetkazilmagan zarar bo‘yicha jinoiy ishni tekshirmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, tiklash ishlaridagi ehtiyotsizlik yong‘inga sabab bo‘lgan.

RAA «Novosti» surati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech