15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Tashvishli xabar
27 Dekabr  2018 2703

500 million so‘mlik tabiiy gaz «o‘g‘rilari» viloyat va tuman gazning mansabdor shaxslari ekan

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasining ma’lum qilishicha, byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Prezidentimizning tegishli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Tezkor tadbirlardan biri Sirdaryo tumanida o‘tkazildi. Tumanning «Sholikor» mahallasida joylashgan «Davron Doston Bekzod» fermer xo‘jaligiga tegishli 80 sotixlik issiqxonada tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanilib, o‘zboshimchalik bilan foydalanilayotganligi aniqlandi. Issiqxonaning ustamon egasi, fuqaro Sh.Q. 18 dona qo‘lbola yasalgan gaz yondirgichlar orqali tabiiy gazdan o‘z ixtiyoricha foydalanib kelgan.

 Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida tuman gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga 500 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Eng ajablanarlisi, ushbu huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs viloyat gaz ta’minoti korxonasida mas’ul vazifada ishlaydi. Uning akasi esa tuman gaz ta’minoti korxonasi rahbari hisoblanadi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech