26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Dolzarb
13 Yanvar  2019 1851

Turkmanistonda tabiiy gazdan benzin olishga tayyorlanishmoqda

Axal viloyatida tabiiy gazdan benzin ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonaning test sinovlari boshlangan.

 

Majmua «Turkmangaz» davlat konserni va «Kawasaki Heavy Industries Ltd.» (Yaponiya) hamda «Rönesans Endüstri Tesisleri Inşaat Sanaýive Ticaret A.Ş.» (Turkiya) kompaniyalar konsorsiumi bilan hamkorlikda quriladi.

Yangi zamonaviy uskunalar va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu zamonaviy gaz-kimyo zavodi ishga tushirilgach, yiliga 1 milliard 785 million kubometr «zangori olov» va «Euro-5» standarti bo‘yicha 600 ming tonna A-92 (RON-92) markali benzin, shuningdek, 12 ming tonna tozalangan dizel yonilg‘isi va 115 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqara boshlaydi. Ushbu investitsiyaviy loyihaning umumiy qiymati 1,7 milliard dollarga yaqin. Uni moliyalashtirishda Xalqaro hamkorliklar uchun Yaponiya banki (JBIC) ishtirok etmoqda.

Majmuaning asosiy texnologik uskunalari metanol gazi va benzinni sintezlash, shuningdek, avtomobil yonilg‘isi sifatini oshirishga xizmat qiladi. Barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan va markaziy boshqaruvga bo‘ysindirilgan.

Axal viloyatida qad rostlayotgan yangi korxona ko‘p jihati bilan g‘aroyib. Bu yerda ilk bor sanoat miqyosida tabiiy gazni haydash yo‘li bilan uni suyultirilgan yonilg‘iga aylantiriladi. «GTG – Gas to gas oline» loyihasi Daniyaning «Haldor Topsoe» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan TIGAS™ texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, yuqori samarador katalizatorlar yordamida kam energiya sarflab va atrof-muhitga kam ziyon yetkazib yuqorisifatli benzin olish imkonini beradi.

«Kawasaki Heavy Industries, Ltd.» kompaniyasi vakili Key Noumura Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni suyuq sintetik uglevodorodlar olishning asosiy bosqichlari bilan tanishtirdi. Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tabiiy gazdan benzin olish ishlab chiqarish texnologiyasi pilot uskuna va laboratoriya sharoitida sinovdan omadli o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Zavodda suvni tozalash tizimlari, bug‘ va elektr energiyasi hosil qilish sinovi allaqachon o‘tkazilgan. Mazkur uskunalar «Turkmengaz» davlat konserni muhandislari tomonidan ekspluatatsiya qilinmoqda ham. Ayni damda uskunada benzin ishlab chiqarish sinovlariga tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

O‘z axborotimiz.

gov.tm surati.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech