17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,4 °C

Xavfsizlik
21 Avgust  2019 369

Bemor bola uchun yig‘ilgan pullarni o‘g‘irladi

IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Navoiy shahrida yashovchi 48 yoshli J.P. ismli ayol IIBga murojaat qilib, uning platik kartasidagi pullar nomalum shaxs tomonidan yechilganini ma'lum qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, J.P. 12 yoshli qizi G.A.ning sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam kerakligi to‘g‘risida “telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “Bemor bolajon” kanaliga e'lon bergan. Joriy yil 3 iyuldan 4 iyulga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs +99890-362-**-** telefon raqamidan J.P.ga qo‘ng‘iroq qilib, uning e'loni bilan tanishganini va qizining sog‘lig‘ini tiklash uchun o‘z hisobidan pul mablag‘larini hayriya qilmoqchiligini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirganini va undan plastik kartasi maxfiy kodini olib kartasidan 6 090 300 so‘m pulini yechib olgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV fuqarolarga hayriya qilish maqsadida yoki turli internet saytlari orqali arzon narhdagi mahsulotlarni sotib olishni aytib, bank hisob raqami, plastik kartochka raqamlarini so‘ragan shaxslarga hisob raqam va plastik kartochkaning maxfiy kodlarini bermaslikni tavsiya qiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech