16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Kеyingi avlod
1 Oktyabr  2019 517

“Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etildi

Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi “Barkamol avlod” respublika va hududiy bolalar markazlari negizida Respublika va hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari” tashkil etildi.

Bundan tashqari, qarorga ko‘ra, 2020-2023-yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida “Barkamol avlod” bolalar maktablari huzurida 100-200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazalari” tashkil etiladi.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab “STEAM –ta'lim” dasturi joriy etiladi.

Qarorga muvofiq, “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2020-yil 1-yanvardan:

- direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun 1,55 baravarga, to‘garak rahbari uchun 1,5 baravarga oshiriladi;

- instruktor-uslubchilar va uslubchilar mehnatiga haq to‘lash bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi hamda ularning bazaviy tarif stavkalari to‘garak rahbarlarinikiga tenglashtiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech