17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Mamlakatimizda
28 May  2019 409

Bankka bo‘ladigan murojaatlarni tezkorlik bilan hal etishga e'tibor qaratilmoqda

Mamlakatimizda yuridik hamda jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning samarali mexanizmlaridan keng foydalanilmoqda. Bu borada Prezident xalq qabulxonalari hamda virtual qabulxonasining o‘rni alohida ahamiyatga ega.

“O‘zsanoatqurilishbank” tizimida ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha alohida tuzilma tashkil etilgan. Bankning 45 ta hududiy filialida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida mutaxassislar ish olib bormoqda.

Jumladan, joriy yilning yanvar-aprel oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan 317 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 105 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan qismi bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirishlar berilgan. Bu haqda “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan “Mijozlar manfaati ustuvor” mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Eng ko‘p murojaat jismoniy shaxslar tomonidan iste'mol kreditlari, tadbirkorlar tomonidan esa kichik biznesni kreditlash xizmati bo‘yicha kelib tushgan. Murojaatchilar orasida chakana bank xizmatlari, uy-joy kommunal sohasini moliyalashtirish, mehmonxona va maktabgacha ta'lim muassasalari qurishda bank kredit shartlari bilan qiziqqan fuqarolar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Bank tizimida har yili jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining tahliliy natijalariga ko‘ra, eng ko‘p murojaat kelib tushgan hududda mahalla fuqarolari yig‘inlari hamkorligida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinadi.

Joriy yilning o‘tgan davrida ana shunday uchrashuvlar Bank Boshqaruvi Raisi hamda o‘rinbosarlari boshchiligida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida sayyor qabullar shaklida bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda bank tomonidan tadbirkorlar va chet ellik investorlarning murojaatlariga alohida e'tibor qaratilishi, ularning talab va istaklariga tezkor yechim topish, muammoli masalalarini hal etishda esa boshqa tegishli departamentlar ham jalb qilinishi aytib o‘tildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech