14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Kеyingi avlod
29 Oktyabr  2019 383

Baliqchi tumanida smart-sinflar ochildi

Joriy yilning 28-oktabr kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 39-umumta'lim maktabida smart-sinflarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi XTV matbuot xizmati.

Tadbirda xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjaev, Rossiya davlatidan “Russkaya gumanitarnaya missiya” nodavlat notijorat jamg‘armasi raisi A.Polkovnikov bir guruh xodimlari bilan hamda “Sharq ayoli” jamg‘armasi raisi S.Tursunbaeva ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalari, yangi ta'lim loyihalari haqida ma'lumot berildi. O‘zbekiston - Rossiya davlatlarining hamkorlik dasturi bo‘yicha ikkita sinf xonasi uchun o‘quv jihozlari, ko‘rgazmali qurollar hamda multimedia vositalari keltirildi.

“CledLingvo” ta'lim kompaniyasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori O.Volkov xorijiy tillarni o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan loyihasini taqdim qildi. Rus tili darsliklari muallifi Yu.Musurmanova internetdan kerakli ma'lumotlarni olish hamda “slassroom” nomli virtual kabinet haqida axborot berdi.

Mazkur tadbirda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi G.Karimova hamda rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi F.Alimova tomonidan “Aqlli” elektron doskalar yordamida ochiq darslar o‘tildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech