26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Sport
24 May  2019 587

Bahodir Jalolovga Termizdan ikki xonali uy sovg‘a qilindi

Professional boksning super og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan bokschimiz Bahodir Jalolovga (6-0, 6 KO) uy sovg‘a qilindi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Jalolovga o‘zi tug‘ilib o‘sgan Surxondaryo viloyatining markazi Termiz shahrida bunyod etilgan uydan 2 xonalisining kaliti va egalik sertifikati topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov aprel oyida bo‘lib o‘tgan havaskor bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan va ikki karra Osiyo chempioniga aylangandi.

Shuningdek, u 10-aprel kuni amerikalik Brendan Barrettga (7-3-2, 5 KO) qarshi jangda texnik nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘zning prof-boksdagi ilk kamari NABF Junior kamarini qo‘lga kiritgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech