20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Ijtimoiy hayot
15 Aprel  2019 1072

Ayollarni reabilitatsiya qilish markazining yana bir bo‘limi ish boshladi

Toshkent shahrida ayollarni reabilitatsiya qilish markazining, yana bir bo‘linmasi,  Sergeli-Yakkasaroy tumanlararo bo‘linmasi ochildi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.

 

Ushbu markaz zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish maqsadida tashkil etilmoqda.

Reabilitatsiya markazida ayollar ruhshunos, ijtimoiy soha mutaxassislari hamda huquqshunos yordamini olishlari mumkin.

Bugunga qadar shu kabi reabilitatsiya markazlarining Shayxontohur-Olmazor, Bektemir-Mirobod-Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek-Yunusobod tumanlararo bo‘linmalari tashkil etilgan edi. Endilikda Uchtepa-Chilonzor tumanlararo bo‘linmasini ham tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech