22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,5 °C

Mamlakatimizda
20 Iyun  2019 637

Avval mikrohududdagi undan keyin qo‘shimcha kvota bo‘yicha bolalar maktabga joylashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyunda qabul qilingan “Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining asosiy maqsadi aholidan pul yig‘ish emas. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov 19-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda alohida ta'kidladi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hujjatning asosiy maqsadi mikrohududdagi bolalarni maktabga joylash, talab katta bo‘lgan maktablardagi koeffitsientni barqarorlashtirish, bir sinfda o‘quvchilar sonini 35 dan oshirmaslikni ta'minlash, maktab yoshiga yetmagan va ta'lim tilini bilmaydigan bolalarni qiynalmaslik, so‘nggi o‘rinda maktablarga qo‘shimcha pul topish imkoniyatini yaratish.

Brifing doirasida Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ta'kidladiki, 2019-2020-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul asosiy kvota bo‘yicha amalga oshiriladi.

– Avvalam bor, biz mikrohududdagi bolalarni maktabga joylaymiz. Joy qolsagina, qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabulni amalga oshiramiz, – dedi vazir.

Sherzod Shermatovning aytishicha, qaror chiqqanidan so‘ng, tegishli tashkilotlar qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul mexanizmlarini yaratishlari va uni sinovdan o‘tkazishlari kerak. Buning uchun esa vaqt talab etiladi.

Hamma ota-onalarga aytib qo‘yaylik, qing‘ir yo‘llarni qidirmanglar. Tanish-bilish izlash, kimdir orqali “qo‘ng‘iroq” qildirish, direktorlarni qo‘rqitish kabi holatlar bo‘lishi kerak emas, – deya ta'kidladi vazir. Bu hujjatning asosiy maqsadi direktorlarni shunday holatlardan himoya qilish edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech