23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,4 °C

Mamlakatimizda
21 Sentyabr  2019 560

“Avtomobilsiz kun” tadbiri doirasida poytaxtda ayrim ko‘chalar yopiladi

22 sentyabr kuni “yevropa mobil haftaligi” doirasida “Avtomobilsiz kun” tadbiri bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida “Biz bilan yur!” shiori ostida piyoda sayr qilishga targ‘ib qiluvchi aksiya, velosayr va ko‘ngilochar tadbir bo‘lib o‘tadi, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

 

“Avtomobilsiz kun” munosabati bilan 22-sentyabr kuni shahrimizning ayrim ko‘chalari soat 9:00dan 23:00gacha yopiladi.

- Lutfiy va Farhod ko‘chalari kesishmasidan, Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab, Shirin ko‘chasi kesishmasigacha;

- Lutfiy va Shirin ko‘chalari kesishmasidan, Shirin ko‘chasi bo‘ylab, Shirin va Katta Xirmontepa ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech