23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,5 °C

Mamlakatimizda
1 Aprel  2019 1330

Avtomobillarda yorug‘lik qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish qonunan jazolanadi

2019-yilning 1-yanvar kunidan 29-mart kunigacha bo‘lgan muddat ichida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan 352 nafar haydovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi “Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish” bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar tuzildi. Faqatgina 29-mart kunining o‘zidayoq 20 marotaba yuqoridagi kabi huquqbuzarliklar sodir etilgan. Bir kun avval, 28-mart kuni ushbu ko‘rsatkich 37 tani tashkil etgan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati. 

 

Yo‘llarning ko‘rinishi faqatgina lamochkalarga emas, balki fara moslamalariga, shu bilan birga, undagi nur qaytaruvchi elementlarga ham bog‘liq. Har bir zavodda fara/fonarlar ma'lum lampochka turlaridan kelib chiqib ishlab chiqariladi. Ksenon va galogen nurlarida farq bor, aynan shu sababli boshqa turdagi lampochka tanlab faralar sifatini pasaytirib qo‘yish mumkin.

Qoidalar faqatgina haydovchilarning xavfsizligidan kelib chiqib emas, boshqa haydovchilarga nisbatan yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan xavfni deb ham o‘ylab chiqilgan. Fara yo‘lni yomon yoritib, yaqin atrofda harakatlanayotgan haydovchilarning ko‘zlarini olishi mumkin, bu esa yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. O‘rni kelganda yoritish moslamalarini “ijodiy” o‘zgarishlari haqida ham to‘xtalish kerak: ular instagramdagi suratlar yoki ko‘rgazma uchun yaxshi bo‘lishi mumkin, ammo yo‘llar uchun emas, boisi – bu kabi faralar haydovchilarni chalg‘itib, umumiy xavfsizlikka tahdid solishadi.

Nima sababdan O‘zbekistonda «Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglamentga muvofiq avtomobilning tashqi yoritish moslamalariga o‘zgartirish kiritish taqiqlangani tushunarli deb umid qilamiz. Avtomobilga zavodda o‘rnatilgan ksenon va svetodiod faralar esa ko‘rinishni yomonlashtirmaydi hamda boshqa haydovchilarga xalaqit bermaydi, shuning uchun ular taqiqlanmagan.

Haydovchilarga shuni eslatib o‘tishimiz kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasiga muvofiq, tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek, ularni o‘zgartirib o‘rnatish – eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish — ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, qonunchilikning ma'lum talablariga nomuvofiqlik yuzaga kelsa, transport vositasi jarima maydonchasiga joylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida bir qator hollarda transport vositasining ekspluatatsiyasi taqiqlangani keltirilgan, tashqi yoritish asboblariga esa alohida paragraf bag‘ishlangan.

Yo‘llardagi xavfsizligingiz haqida qayg‘urish bilan birga, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarining xavfsizligini ham hurmat qiling, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech